20:31 / 15.03.2021
6857

Hindiston kriptovaluta butunlay taqiqlangan ilk mamlakat bo‘lishi mumkin

Hindiston hukumatining fikricha, bitkoyndan noqonuniy sxemalarda foydalanilishi mumkin. Mamlakatda sakkiz millionga yaqin investor 100 milliard rupiy (1,4 milliard dollar) miqdoridagi kriptoaktivlarga ega.

Foto: Reuters

Hindiston hukumati mamlakatda kriptovalutani butunlay taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Xabarda aytilishicha, kriptovaluta saqlaganlik, chiqarganlik, to‘plaganlik, sotganlik va berganlik uchun jarima yoki jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin. Bunda kriptovaluta aktivlaridan xalos bo‘lish uchun fuqarolarga olti oy muhlat beriladi. Agarda qonun loyihasi qabul qilinsa, Hindiston kriptovaluta butunlay taqiqlangan birinchi mamlakat bo‘lishi mumkin.

Hindiston hukumatining fikricha, bitkoyndan noqonuniy sxemalarda foydalanilishi mumkin. Mamlakatda sakkiz millionga yaqin investor 100 milliard rupiy (1,4 milliard dollar) miqdoridagi kriptoaktivlarga ega.

Mahalliy Bitbns kriptobirjasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar va pul oqimi o‘tgan yilga nisbatan 30 baravarga ko‘paygan. 2019 yilda hukumat komissiyasi kriptovaluta to‘plaganlik, saqlaganlik va sotganlik uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini kiritishni tavsiya qilgandi.

Top