15:25 / 15.03.2021
5448

Mirziyoyev va To‘qayev telefon orqali muloqotida Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qildi

Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlari mintaqadagi xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni ta'minlashda keng miqyosli va samarali hamkorlik qilishga intilishlarini tasdiqladi.

Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Oqo‘rda saytida xabar berilmoqda.

 Xabarda qayd etilishicha, muloqot davomida ikki davlat rahbarlari Markaziy Osiyodagi vaziyat borasida fikr almashdi, mintaqadagi xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni ta'minlashda keng miqyosli va samarali hamkorlik qilishga intilishlarini tasdiqladi.

 "Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston rahbariga Olmaotadagi aviahalokatda qurbon bo‘lganlar munosabati bilan ta'ziya bildirgani uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, prezidentlar yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan bir-birlarini tabriklagan.

Top