18:39 / 16.03.2021
46705

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi

«Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi Qonun loyihasi e'lon qilindi. Qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat bo‘ladi. Endilikda ushbu o‘zbek-lotin alifbosidagi ko‘pchilik tomonidan munozarali deb hisoblangan o‘, g‘ harflari, shuningdek, sh, ch qo‘shharflari yangicha ko‘rinishlarda yoziladi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Mavzu
Lotin va kirill imlosi

O‘zbekiston lotin alifbosida qolgani yaxshimi yoki kirill alifbosiga qaytish kerakmi? Ayni vaqtda o‘zbekistonliklar shu mavzuni keng muhokama qilmoqda.

Barchasi
Top