20:00 / 16.03.2021
13342

Yaqinlarga komissiyasiz pul o‘tkazmalari yuborishning uch yo‘li

Foto: CONTACT

CONTACT to‘lov tizimi pul o‘tkazmalarini komissiyasiz rubllarda yuborish hamda O‘zbekiston hududidagi pul chiqarish shoxobchalarida AQSh dollari va yevro olishning 3 ishonchli usulini taqdim etadi.

Pul o‘tkazmalarini CONTACT tizimi bo‘yicha qanday qilib yuborish mumkin?

 «CONTACT – Pul o‘tkazmalari» mobil ilovasi orqali

 «CONTACT – Pul o‘tkazmalari» ilovasidan foydalanishni boshlash uchun uni Play Market yoki Apple Store' dan yuklab olish va mobil telefoningiz raqami orqali avtorizatsiya qilish kifoya. CONTACT pul va mijozlarning shaxsiy ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratadi. Shu sababli o‘tkazmalar eng zamonaviy kriptografik himoya bilan ta'minlangan, barcha ma'lumotlar esa himoyalangan aloqa kanallari orqali yuboriladi.

O‘tkazma real vaqt rejimida to‘lov uchun tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar ilova orqali quyidagi amaliyotlarni amalga oshirishlari mumkin:

• o‘tkazma holatini kuzatish;

• avvalroq yuborilgan istalgan o‘tkazma amaliyotini takrorlash;

• oflayn to‘lovlar uchun jo‘natma va to‘lov punktlarini topish.

Onlayn pul o‘tkazmalari yordamida

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishning boshqa usuli  https://online.contact-sys.com/ saytida onlayn tarzda bajariladi.

Mazkur holatda Internet tarmoqlarida Visa, MasterCard, Maestro, MIR va Rossiya banklari tomonidan ishlab chiqarilgan har qanday bank kartalari orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.

CONTACT tizimining xizmat ko‘rsatish punktlarida

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini Rossiya hududidagi CONTACT tizimi punktlari orqali amalga oshirish mumkin. Qabul punktlarining to‘liq ro‘yxatini saytda topish mumkin: https://www.contact-sys.com/where

Pul o‘tkazmalarini yuborish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

- Pul o‘tkazmasini yuborish uchun qulay punktga tashrif buyurish;

- Operatorga manzilsiz to‘lov yuboriladigan mamlakat, shuningdek, pul miqdori va qabul qiluvchining FISh haqida ma'lum qilish;

- Shaxsiyatingizni tasdiqlovchi hujjat va migratsiya kartangizni ko‘rsating;

- Kassaga pulni yuborish uchun o‘tkazma va komissiya summasini kiriting;

- Qabul qilib oluvchi kishiga yuborilgan pul o‘tkazmasi raqamini ma'lum qilish.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan chiqarilgan Uzcard To‘lov tizimi kartalarini to‘ldirish xizmati ham mavjud. Xizmatdan oflayn tarzda CONTACT xizmat ko‘rsatish punktlari tarmoqlarida ham, shu bilan birga mobil ilova va  https://online.contact-sys.com/ saytida ham onlayn foydalanish mumkin.

CONTACT hatto masofadan turib ham yaqinroq bo‘lish uchun!

CONTACT HAQIDA

CONTACT to‘lov tizimi 1999 yildan beri faoliyat olib boradi va birinchi Rossiya pul o‘tkazmalari tizimi hisoblanadi. KIVI Bank (AJ) CONTACT tizimining operatori bo‘lib, tashkiliy, hisob-kitob-kliring hamda axborot-texnik funksiyalarini amalga oshiradi.

Hozirgi vaqtda CONTACT jahon pul o‘tkazmalari bozorida yetakchilardan biri sanaladi. Rossiya va dunyoning 1000 dan ortiq  moliya institutlari CONTACT hamkori hisoblanadi. CONTACT xalqaro tarmog‘i 180 dan ortiq mamlakatlarda 670 mingdan ziyod xizmat ko‘rsatish punktlari  - bank bo‘linmalari, to‘lov terminallari, bank to‘lov agentliklari ofislari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top