15:12 / 17.03.2021
8935

Dunyodagi eng xavfsiz mamlakat bir shart bilan turistlar uchun chegarasini ochdi 

Endilikda Yevropa dori vositalari agentligi ma'qullagan vaksina bilan emlangan xorijliklar Islandiyaga kirganida karantinga jo‘natilmaydi yoki koronavirusga test topshirmaydi.

Foto: TASS/Zuma

Dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingida ko‘p marta birinchi o‘rinni egallagan Islandiya turistlar uchun bir shart bilan chegaralarini ochdi – sayyohlar koronavirusga qarshi emlanishi lozim. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Endilikda Yevropa dori vositalari agentligi ma'qullagan vaksina bilan emlangan xorijliklar Islandiyaga kirganida karantinga jo‘natilmaydi yoki koronavirusga test topshirmaydi.

Qayd etilishicha, ilgari bu qoida faqat Yevroittifoq va Yevropa iqtisodiy hududiga a'zo mamlakatlar aholisi uchungina amal qilgan.

Islandiya bosh vaziri Katrin Yakobsdottirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror «mamlakat siyosatining mantiqiy davomidir».

Top