18:13 / 17.03.2021
9334

Navoiyda o‘zganing 2 sotix yerini 150 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Firibgarlikda gumonlanayotgan shaxs kelishilgan pulning 70 ming dollarini olayotganda ushlangan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Aniqlanishicha, fuqaro X.T. boshqa bir shaxsning ishonchiga kirib Navoiy shahrining Mahmud Torobiy ko‘chasida joylashgan, aslida xususiy firmaga tegishli bo‘lgan 2 sotix yerni 150 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlikda gumonlanayotgan shaxs kelishilgan pulning bir qismini, ya'ni 70 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Yangiyo‘lda o‘zganing 8 sotix yerini 12 ming dollarga, Andijonda esa o‘zganing 1 gektar yerini 45 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingan edi.

Shuningdek, Parkentda besh gektar yerni 1 mln dollarga, Bo‘stonliqda 5 gektar yerni 300 ming dollarga, Bulung‘urda 20 gektar yerni 300 million so‘mga, Sirdaryoda 2,5 gektar yerni 66 mln so‘mga, Sergelida ijaraga olgan 11 sotix yerini 37,5 ming dollarga, To‘raqo‘rg‘onda 80 sotix yerni 29 ming dollarga, Yangiyo‘lda 8 sotix yerni 10 ming dollarga, Bog‘dodda 8 gektar yerni 8 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar javobgarlikka tortilgan edi.

Top