11:29 / 18.03.2021
14886

19 mart kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Foto: KUN.UZ

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 19 mart kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 22-24 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Top