09:01 / 18.03.2021
2634

Farg‘onalik o‘quvchi 132 ming dollarlik o‘qish grantini qo‘lga kiritdi

Farg‘onalik maktab o‘quvchisi AQShning nufuzli universitetlaridan birida o‘qish imkoniyatini beruvchi grantni qo‘lga kiritdi. Bu haqda viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qildi.

Unda aytilishicha, ushbu grant sohibi Farg‘ona shahridagi 39-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sherdorbek So‘piyev bo‘lib, AQShning Pensilvaniya shtatidagi Widener universitetida o‘qish uchun 132 000 dollarlik grant sohibiga aylangan.

Ushbu mablag‘ o‘quvchiga AQShdagi nufuzli ta'lim dargohida 4 yil tahsil olish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq namanganlik bir nechta maktab o‘quvchilari ham grant sohibiga aylangani haqida ma'lumot bergan edik.

Top