09:11 / 18.03.2021
3723

Malida jangarilar hujumi oqibatida 33 harbiy halok bo‘ldi

Mali shimolida jangarilar harbiy bazalardan biriga hujum qildi. Hujum oqibatida 33 harbiy halok bo‘lgan. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi. 

Mali mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 15 mart kuni Tessit aholi punktidagi baza qurollangan terrorchilar hujumiga uchragan.

Ta'kidlanishicha, yana 14 kishi yaralangan, ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir.

Hozircha birorta terrorchi guruh ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Mavzuga oid
Top