13:59 / 18.03.2021
6038

Qarshida xorijiy kompaniyaga ishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Qarshi tumanida fuqarolardan birini «Lukoyl» OAJ neft kompaniyasiga ishga kiritib qo‘yaman deb, firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi tuman bo‘limi ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda firibgarlik jinoyatini fosh etish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda fuqarolardan birini tanishlari orqali «Lukoyl» OAJ neft kompaniyasiga 2500 AQSh dollari evaziga ishga kiritib qo‘yishga ishontirib, undan 1500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaroga jinoyat kodeksining bir nechta moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top