21:09 / 19.03.2021
9555

AQSh droni parvoz davomiyligi bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatdi

AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Skyfront kompaniyasining Perimeter 8 droni 13 soatdan ko‘proq vaqt davomida qo‘nishsiz uchib, jahon rekordi o‘rnatdi.

Foto: twitter.com/skyfrontcorp

Xabarda ta'kidlanishicha, dron birorta qo‘nishsiz 330 km masofa uchib o‘tgan. Ushbu dron 5 soatdan ko‘proq va 180 kmga yaqin masofa uchib o‘ta oladigan standart dron bo‘lib, u jahon rekordini o‘rnatishi uchun yana bitta benzobak bilan ta'minlangan. Bu parvoz davomiyligini 2 marta uzaytirishga imkon bergan.  

Bungacha jahon rekordi Janubiy Koreya firmasi kvadrokopteriga tegishli bo‘lgan. Qurilma qo‘nishsiz havoda 12 soatdan ko‘proq vaqt qolgan.

Mavzuga oid
Top