17:48 / 19.03.2021
4033

BioNTech/Pfizer vaksinasi mualliflari Germaniya hukumatining eng oliy mukofotiga sazovor bo‘lishdi

Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer BioNTech biotexnologiya kompaniyasi asoschilari va rahbarlari Ug‘ur Shahin va O‘zlem Turejini mamlakatning eng oliy mukofoti bilan taqdirladi.  

«Ug‘ur Shahin va O‘zlem Tureji atoqli olimlar va jasur tadbirkorlardir», dedi Shtaynmayyer Berlindagi Belvyu saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda. «Sizlarning inqilobiy ixtirolaringiz insoniyat hayotini qutqaradi, odamlarni xonavayron bo‘lishdan saqlaydi, jamiyatni, iqtisodni, madaniyatni hayotga qaytaradi», deya ta'kidlagan GFR prezidenti.

2020 yilning 9 noyabrida BioNTech va uning amerikalik hamkori Pfizer bir necha oylik klinik sinovlarga tayanib o‘zlarining 90 foiz samaradorlikka ega preparatlarini e'lon qilishdi. Yil oxiriga kelib preparat AQSh, Buyuk Britaniya, Yevroittifoq va boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Hozirda bu vaksina turdosh preparatlar ichida eng yaxshisi bo‘lib turibdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top