21:13 / 19.03.2021
3165

British Airways Londondagi bosh qarorgohini sotish haqida o‘ylamoqda

Ofisning sotilishi pandemiya davrida zarar ko‘rgan kompaniyaning moliyaviy holatiga ijobiy ta'sir qilishi mumkin.

Foto: Reuters

British Airways aviakompaniyasi Londondagi bosh qarorgohini sotish haqida o‘ylamoqda, deb yozadi Bloomberg. Xodimlarning bir qismi masofadan ishlashga o‘tgani sababli aviakompaniyaga bunchalik katta ofis makoni kerak bo‘lmay qolgan.

Ofisning sotilishi pandemiya davrida zarar ko‘rgan kompaniyaning moliyaviy holatiga ijobiy ta'sir qilishi mumkin.

Waterside binosi 1998 yilda qurilgan va 200 mln funt sterling deb baholangan. Kompaniya binoning qiymatini baholash uchun ko‘chmas mulk sohasidagi ekspertlarni yollagani aytilmoqda.

Aviakompaniya eski samolyotlarni foydalanishdan olib tashlagan va pandemiya sababli paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida minglab ish o‘rinlarini qisqartirgandi.

Top