13:56 / 19.03.2021
21069

Sirdaryo viloyatining ikki hududida prokuror o‘zgardi

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Sirdaryo viloyati prokuratura tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Sherzod Ergashevich Ortiqboyev Guliston shahar prokurori lavozimiga tayinlandi. 

Sherzod Ortiqboyev Sirdaryo viloyat prokurorining katta yordamchisi bo‘lib ishlagan.

Ma'lumot uchun, shu vaqtga qadar Bahodir Umarov Guliston shahar prokurori, 2-sektor rahbari sifatida ishlab kelayotgandi. 

O‘z navbatida, Akmalxon Erkinovich Madiyev Sayxunobod tuman prokurori lavozimiga tayinlandi.

Akmalxon Madiyev Toshkent viloyati Chinoz tumani hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Top