13:03 / 20.03.2021
13109

2021 yildagi antirekord: 19 mart kuni 126 kishida koronavirus  aniqlandi, ularning 106 nafari Toshkentda

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma'lumotlariga ko‘ra 2021 yil 19 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81221 (+126) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari Andijon, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 1, Buxoroda 5, Toshkent viloyatida 10, Toshkent shahrida esa 106 ta qayd etilgan.
Shuningdek 19 mart kuni Samarqand viloyatida 6 nafar, Toshkent viloyatida 9 nafar,  Toshkent shahrida 62 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 79708 (+77) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 891 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top