16:06 / 20.03.2021
23162

O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari yana kamaydi

2021 yilning 1 mart holatiga ko‘ra, respublika oltin-valuta zaxiralari 1,1 mlrd dollarga kamaydi.

Foto: Akio Kon/Bloomberg

O‘zbekiston Markaziy banki oltin-valuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.

Joriy yil 1 mart holati bo‘yicha, O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 1,1 mlrd dollarga kamayib, 33,2 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Taqqoslash uchun, 2021 yil 1 yanvar holati bo‘yicha respublikaning rasmiy zaxira aktivlari 34,9 mlrd dollarni, 1 fevral holati bo‘yicha esa 34,3 mlrd dollarni tashkil etgan.

Oltin-valuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valuta jamg‘armasi standartlari asosida yuritiladi. O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

O‘tgan bir oy davomida zaxiradagi monetar oltin hajmi 0,2 million troya unsiyasiga (6,2 tonna) oshganligiga qaramay, jahon bozorida oltin narxlari arzonlashishi sababli oltin zaxiralarining narxi 0,5 million dollarga pasaydi.

Ma'lumot uchun, 1 unsiya 31,1 grammga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, xorijiy valuta aktivlari ham o‘tgan davr mobaynida 0,5 million dollarga kamaygan. Bu bo‘yicha Markaziy bank ma'lumot bermagan.

Respublika xalqaro zaxiralarida 2021 yilning 1 mart holati bo‘yicha oltin 19,73 mlrd dollarni, xorij valuta aktivlari esa 13,14 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Mavzuga oid
Top