08:16 / 20.03.2021
2270

Qirg‘izictonning Norin viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona viloyatidagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldi

Amaliy tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan Qirg‘izictonning Norin viloyati gubernatori Sobirqul Ashimbayev boshchiligidagi delegatsiya viloyat hokimi bilan uchrashuvdan so‘ng viloyatdagi yirik zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Xayrullo Bozorov, viloyat sektor rahbarlari, iqtisodiy va investitsion sohalar mas'ullari qirg‘izistonliklarga hamrohlik qilgan.

Qayd etilishicha, mehmonlar Farg‘ona tumanidagi “Vodiy Shoes” poyabzal ishlab chiqarish va «Bahodir Log‘on» paxta-to‘qimachilik klasteriga qarashli ip-kalava va mato ishlab chiqarish korxonalaridagi ish jarayonini ko‘zdan kechirishgan. 

Norin viloyati vakillari Quvasoy shahridagi “Kvars” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan xalqaro standartlarga mos shisha va oyna mahsulotlari bilan tanishishgan, loyiha qiymati 70 million dollar bo‘lgan va ishga tushish arafasida bo‘lgan yangi list oynasi ishlab chiqarish liniyasini o‘rganishdi.

Bundan tashqari, delegatsiya a'zolari Toshloq tumanida joylashgan “Diamond Fruts” MChJ limonchilik kompleksi, Marg‘ilon shahridagi “Hunarmandlar markazi”,  “Golden Valley Fasteners” bolt, gayka va burama mix ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishishgan. 

Avvalroq Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Qirg‘izistonning Botkent viloyatiga amaliy tashrif bilan borgani haqida ma'lumot bergan edik.

Top