23:40 / 20.03.2021
23644

Rossiyaning AQShdagi elchisi Vashingtonni tark etdi

Rossiya tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, Anatoliy Antonov AQSh prezidenti Jo Bayden jamoasining ishini tahlil qilish maqsadida maslahatlashuvga chaqirilgan.

Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov Vashingtonni tark etdi va Moskvaga uchish uchun Nyu-Yorkka yo‘l oldi, deb xabar bermoqda TASS.

Ma'lumot berilishicha, u Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroportdan Moskvaga parvoz qiladi.

Antonov 17 mart kuni Moskvaga chaqirilgandi. Rossiya tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, u AQSh prezidenti Jo Bayden jamoasining ishini tahlil qilish maqsadida maslahatlashuvga chaqirilgan. 

Avvalroq Jo Bayden AQShdagi saylovlarga ehtimoliy aralashuvi tufayli Rossiyani javobgarlikka tortmoqchi ekanligini aytgandi.

 U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashganini ma'lum qilgan va Putin aybdor bo‘lsa, «badal to‘lashi»ni qo‘shimcha qilgandi.

Top