08:51 / 22.03.2021
1573

Navoiydagi 3 kunlik sayyor qabullarda 45 nafar mahbus shartli ozod etildi

 Navoiyda respublika ishchi guruhi tomonidan sud-huquq sohasida o‘tkazilgan sayyor qabullar nihoyasiga yetdi.

O‘tkazilgan sayyor qabullarda 263 ta jinoyat, 158 ta fuqarolik, 47 ta ma'muriy, 26 ta iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid jami 494 ta murojaat qabul qilindi.

Navoiy viloyati sudi raisi Hamidulla Qudratovning ma'lum qilishicha, murojaatlarning 109 tasi joyida hal qilingan hamda qolgani bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilgan. 

Sayyor qabullar jarayonida 45 nafar shaxs jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari tomonidan jazoni o‘tash muddatidan oldin shartli ozod qilingan, 16 nafar mahbusning jazosi yengilrog‘iga almashtirilgan. Shuningdek, 46 nafar mahkum umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyaga o‘tkazilgan.

Top