08:58 / 22.03.2021
1666

Oltiariqda uchta tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi

Oltiariq tumanida Navro‘z bayrami arafasida ko‘p tarmoqli bolalar poliklinikasi hamda ikkita oilaviy poliklinika ochildi. Ular zamonaviy tibbiy anjomlar bilan jihozlangan.

Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmatining Kun.uz'ga xabar berishicha, Navro‘z bayrami arafasida Oltiariq tumanida uchta tibbiyot muassasalari foydalanishga topshirilgan. 

Tuman ko‘p tarmoqli bolalar poliklinikasi, 37 va 38-qishloq oilaviy poliklinikalarining  qurilish-ta'mirlash ishlariga viloyat mahalliy budjetidan qariyb 10 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Tibbiyot muassasalari zamonaviy-tibbiy asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari bilan ta'minlangan.

Tibbiyot markazlarining ochilish marosimida Oltiariq tumani hokimi Xolmirza Niyozov, sektor rahbarlari, faollar va tibbiyot xodimlari ishtirok etgan.

Top