15:20 / 23.03.2021
8828

Andijon shahrida 4ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 23 mart kuni soat 11:30larda, Andijon viloyati, Andijon shahar, Yangi O‘sh ko‘chasida joylashgan "Rohat avtoservis" binosi qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1978 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi "Lasetti", 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi "Lasetti", 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi "Labo" va 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi "Lasetti" avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan.

YTH natijasida, "Labo" rusumli avtomobil haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. 

Top