17:21 / 24.03.2021
1658

Xo‘jaobod tumanida 41 nafar boquvchisini yo‘qotgan va muruvvat uyi tarbiyalanuvchilarining xatna to‘ylari o‘tkazib berildi

Foto: Xo‘jaobod tuman hokiligi Axborot xizmati

Tuman hokimligi va bir guruh sahovatpesha insonlar homiyligi asosida o‘tkazilgan to‘yda har bir bolaga velosiped va uy jihozlari topshirilgan.

Tadbir tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida o‘tkazildi va unda tuman faollari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tuman hokimi va sahovat guruhi a'zolari tomonidan Qo‘rg‘ontepa Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilaridan 10 nafar, Xo‘jaobod tumani 4-maxsus maktab-internati tarbiyalanuvchilaridan 10 nafar, kam ta'minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlaridan 21 nafarining to‘yini o‘tkazish barobarida ularga esdalik sovg‘alari tarqatildi.

Mavzuga oid
Top