09:00 / 25.03.2021
3370
Reklama

Seoul Mun: tijorat joylarining puxta loyihalanishi savdodagi muvaffaqiyat asosidir

Dream City Development kompaniyasi soy bo‘yidagi Seoul Mun markazida tijorat obektlarini tashkil etish va toifalarga ajratish haqida ma'lumot berdi.

Keng ko‘lamli savdo markazining muvaffaqiyati uchun asos – bu savdo joylarning puxta loyiha asosida qulay joylashuvi hisoblanadi. Savdo markazi obektga tashrif buyuruvchilar oqimini oldindan hisobga olish va shakllantirish orqali savdo maydonlaridan samarali foydalanish, tovar ayirboshlash hamda daromadni oshirishni ko‘zlab loyihalangan.

Seoul Mun savdo markazida tadbirkorlarga biznes ochish uchun turli formatdagi joylarni taklif etadi. Tijorat joylari Bo‘rijar kanalining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab uch qavatli binolarda joylashgan. Seoul Mun uchun tijorat ko‘chmas mulk sohasidagi xalqaro tashkilot Knight Frank va Cushman & Wakefield mutaxassislari savdo maydonlarining beshta asosiy turini ishlab chiqdilar:

  • Umumiy ovqatlanish nuqtalarining kichik formati (food & beverage light);
  • Umumiy ovqatlanish nuqtalarining o‘rta va yirik formati (food & beverage heavy);
  • Universal savdo nuqtalari (line store);
  • Katta do‘konlar (anchor store);
  • Bolalar maydonlari va ko‘ngilochar joylar (leisure)

Ushbu toifalarning savdo markazi bo‘ylab taqsimlanishi barcha yosh va qiziqishdagi odamlar talabini qondirishga yordam beradi. Bu jihat o‘z navbatida, iste'molchilarning qiziqishi barqarorligiga va kelajakdagi mijozlarning barqaror o‘sishiga bevosita ta'sir qiladi. Albatta, xaridorlarga ham savdo maydonidagi tovar va xizmatlarning turiga qarab taqsimlanish tizimi ma'qul keladi.

Yo‘l bo‘yida joylashgan yuqori qavatlarga qulay kirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu yer restoranlar tashkil qilish uchun mos joy hisoblanadi. Shu kabi qulayliklar sabab tashrif buyuruvchilarga savdo-dam olish markazining kerakli nuqtasiga hech bir qiyinchiliklarsiz kirib borish imkoniyati taqdim etilgan.

Maskanning barcha qavatlarini bir-biriga bog‘lab turadigan eskalatorlar, piyodalar sayr yo‘lagi, rivojlangan infratuzilma va ajoyib manzaralari mavjud jamoat joylarining ko‘pligi mazkur markazni poytaxtdagi odamlar eng ko‘p tashrif buyuradigan va eng mashhur joylardan biriga aylantiradi.

Seoul Mun poytaxt markazida biznesni rivojlantirish va sifatli dam olishni tashkil etish uchun puxta o‘ylangan maskan.

Yagona ma'lumot markazi: +998-71-202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top