09:47 / 25.03.2021
2932

Spirtli ichimlik ta'siri ostida xotinini o‘ldirgan urgutlik erkakka sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holda xotinini o‘ldirgan erkakka hukm o‘qilgan. Qotilga 11 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berilgan.

Qayd etilishicha, Urgut tumani Oqmachit mahallasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan K.Ochilov 2021 yil 1 yanvar kuni soat 16:30da o‘zining yashash xonadonida spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast bo‘lgan. So‘ng turmush o‘rtog‘i S.Karimova bilan o‘zaro tortishib, janjallashib qolgan. Oqibatda K.Ochilov turmush o‘rtog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ygan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida ushbu jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sudya A.Ahmadov raisligida o‘tgan sud majlisida Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan K.Ochilovga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ma'lum bo‘lishicha, mazkur oilaning uch nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan.

Top