08:44 / 26.03.2021
1861

Andijon viloyatida sabzavotchilikka ixtisoslashgan yer maydonini 18 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi

Baliqchi tumanidagi “N.” fermer xo‘jaligi rahbari X.R. F.T.ning ishonchiga kirib, unga fermer xo‘jaligiga tegishli sabzavotchilikka ixtisoslashgan yer maydonining 6 gektarini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bog‘dorchilik yo‘nalishi bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va'da qilgan.

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, yer maydoni evaziga 18 ming AQSh dollari talab qilgan. 

Tezkor tadbir davomida X.R. 18 ming AQSh dollari hisobidan 189 mln. so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Andijonda yosh tadbirkor yer olish uchun hokim o‘rinbosariga 2 ming dollar berganini aytganligi va bunga tuman hokimining bildirgan munosabatiga oid video tarqalgan edi.

Top