09:34 / 27.03.2021
9655

Ikkita OTMga yangi rahbar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 martdagi qarori bilan ikki oliy ta'lim muassasasiga yangi rahbarlar tayinlandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, Qahramon Madaminovich Ibadullayev Toshkent shahridagi «A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filiali ijrochi direktori etib tayinlandi. 

Bundan tashqari, Nozimjon Soliyevich To‘ychiboyev Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti rektori lavozimida ish boshladi.

Ma'lumot uchun, «A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali prezidentning 2020 yil 8 oktyabrdagi PQ-4857-son qarori, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti esa Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 avgustdagi 516-son qarori bilan tashkil qilingan.

Mavzuga oid
Top