22:49 / 27.03.2021
22322

Senat raisi Qo‘yliqqa borib, mardikorlar bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahrining tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazmoqda. 27 mart kuni ishchi guruh Yashnobod va Bektemir tumanlarida bo‘ldi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Tanzila Norboyeva bu tumanlardagi kunlik ishchilar markazi faoliyatiga e'tibor qaratdi.

Senat raisi «Qo‘yliq» bozori hududidagi mardikor bozoridagi ishchilar bilan suhbatlashgan, ularni qiynayotgan muammolarni tingladi.

«Shu yerning o‘zida ular nazoratga olinib, tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi», – deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Kun.uz mardikorlar haqida hikoya qiluvchi videomaterial e'lon qilgan edi. Unda mardikorlikka chiquvchi er-xotin ishsizlik va uysizlikdan qiynalayotganlari haqida so‘zlab bergan.

Top