17:24 / 27.03.2021
18469

Sirdaryoda yuk mashinalari to‘qnashdi

Bugun, 27 mart kuni Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hududidagi yo‘lda ikkita yuk mashinasi o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda ulardan biri ag‘darilib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun 27 mart kuni soat 13:30lar atrofida, M-34 xalqaro avtomobil yo‘lining Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan 84-kilometrida ikkita yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. 1992 yilda tug‘ilgan S.Ya. boshqaruvidagi «Kamaz-5410» rusumli hamda 1985 yilda tug‘ilgan Z.X. boshqaruvida bo‘lgan «Mercedes-Benz» rusumli yuk mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketgan. Zarb oqibatida «Kamaz-5410» ag‘darilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Yuk mashinalarining biri – ag‘darilib ketgan «Kamaz-5410»ga jiddiy zarar yetgan.

Xabarda ma'lum qilinishicha, mazkur hodisa yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan to‘qnashuv sabablariga oydinlik kiritish maqsadida surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, M-34 xalqaro avtomobil yo‘lida YTH sabab yuzaga kelgan tirbandliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Mavzuga oid
Top