08:06 / 29.03.2021
2944

Bo‘lajak kuyov qasd olmoqchi bo‘lib, begunoh fuqaroning uyini yoqib yubordi

2021 yilning 12 mart kunidan 13 mart kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Farg‘ona shahri Farg‘ona ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yashovchi 48 yoshli T.V. va 32 yoshli Sh. A.larga tegishli xonadonlarning kirish eshigi va derazasining oldini yonuvchi suyuqlik yordamida yoqib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.

Ma'lum bo‘lishicha, 23 yoshli Sh.T. bu ishni fotiha qilingan bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining oilasi bilan  doimiy ravishda urish-janjal qilib kelganligi sababli, ularni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida sodir etganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “b” bandi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.  

Top