13:50 / 29.03.2021
4033

Metsenat.uz loyihasida yapon tilida o‘qiyotgan filolog-talabalar uchun 36 mln so‘mlik stipendiya e'lon qilindi

«Reiwa Internation» MChJ tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Samarqand davlat chet tillari institutida yapon tili filologiyasi sohasida tahsil olayotgan 1, 2 va 3-bosqich talabalari uchun stipendiya e'lon qilindi.

Ushbu stipendiyani qo‘lga kiritishni ko‘zlayotgan talabalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  1. Moddiy jihatdan qiynalgan bo‘lishlari;
  2. To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lishlari;
  3. Til bilish darajalari qoniqarli bo‘lishi;
  4. Ijtimoiy hayotda faol bo‘lishlari;
  5. Belgilangan imtihondan muvaffaqiyatli o‘tishlari.

Ushbu talablarga javob bera olgan 12 nafar talabaga 10 oy davomida 300 ming so‘mdan stipendiya to‘lab boriladi. 

Stipendiyaga hujjatlar joriy yilning 23 apreliga qadar Metsenat.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Hujjat topshirgan talabalar 23 may sanasida sohalari bo‘yicha belgilangan imtihonni topshirishadi.

Qo‘shimcha ma'lumotga @metsenatuz telegram kanali va @metsenat_support_bot orqali ega bo‘lish mumkin.

Ma'lumot o‘rnida: Kun.uz nashri Metsenat.uz loyihasining rasmiy axborot hamkori hisoblanadi va saytda e'lon qilinayotgan barcha grant hamda stipendiyalarni targ‘ib qilishga ko‘maklashadi. Shu o‘rinda yurtimizdagi barcha korxona, tashkilot, kompaniyalar hamda saxovatpesha tadbirkorlarni ilm-fanga, ta'limga beminnat homiylik qilishga chorlab qolamiz.

Top