14:54 / 30.03.2021
9332

«Bizdan faqat paxta so‘ralardi, xalqni rozi qilish degan narsa yo‘q edi» - Shuhrat Abdurahmonov

Andijon viloyatini 2013 yildan buyon boshqarib kelayotgan Shuhrat Abdurahmonov Kun.uz'ga bergan intervyusida Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev prezidentligidagi faoliyatini o‘zaro taqqosladi.

«Buni bir og‘iz yoki ikki og‘iz gap bilan solishtirib bo‘lmaydi. Sababi, u davrda ham ishladim, bu davrda ham ishlayapman. Birinchidan, u davrlarda bizdan so‘rov kam bo‘lardi, xalqni rozi qilish degan narsa yo‘q edi. Asosiy so‘rov - paxta, g‘alla, pilla. Shu so‘ralar edi. 

Ikkinchidan, hokimlarning qo‘l-oyog‘i bog‘langan edi. Har bir qadamimiz nazoratda bo‘lgan, hech qanday moliyaviy imkoniyatlar yo‘q edi, hamma narsa markazlashgan. Hozir hamma soha va yo‘nalishda yuz foiz javobgarlik hokimning bo‘ynida», deydi Shuhrat Abdurahmonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha davrda ayrim tuzilmalarning nufuzi hokimlardan ham baland bo‘lgan, erkin ishlashga imkon bo‘lmagan.

To‘liq intervyuni YouTube'dagi kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

Top