21:28 / 30.03.2021
9846

Namangandan Jalolobodga avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ma'lum qilindi

Uch oy ichida O‘zbekistonning Namangan viloyati va Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati o‘rtasida avtomobil qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Jalolobod viloyati gubernatori boshchiligida Namanganga tashrif buyurgan delegatsiyani rasmiy qabul qilish marosimi vaqtida Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Ibragim Junusov ma'lum qildi. 

Elchining so‘zlariga ko‘ra, u elchi bo‘lib ish boshlagan paytda 4ta nazorat-o‘tkazuv punkti (KPP) ishlagan bo‘lsa, hozirga kelib 8ta post faoliyat yuritmoqda. Ikki davlat rahbarlari uchrashuvi davomida barcha 15ta nazorat-o‘tkazuv punktlarini ochish bo‘yicha topshiriq berilganini ham ta'kidladi.

Elchining aytishicha, davlat rahbarlari tomonidan o‘tkazuv punktlaridan o‘tayotgan fuqaro pasport tekshiruvi uchun bir yarim daqiqadan ortiq vaqti ketmasligini ta'minlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Diplomat ikki taraflama o‘tkazish punkti bo‘yicha me'yoriy talablar hal etilgach, Jalolobod va Namangan o‘rtasida avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ham ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Top