14:09 / 30.03.2021
3558

So‘nggi 10 yilda O‘zbekistonda birorta muzey tashkil etilmagani ma'lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi muzeylar soni bo‘yicha ma'lumotlarni ochiqladi. 

Qo‘mitaga ko‘ra, 2020 yil holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 105tani tashkil etgan. 

Yillar kesimida muzeylar soni quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • 2000 yilda - 88ta; 
  • 2010 yilda - 105ta; 
  • 2020 yilda - 105ta.

Davlat statistika qo‘mitasi e'lon qilgan raqamlardan ko‘rish mumkinki, so‘nggi 10 yilda O‘zbekistonda birorta muzey tashkil etilmagan.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan muzeylar soni esa quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4ta; 
Andijon viloyati – 2ta;  
Buxoro viloyati – 19ta;  
Jizzax viloyati – 5ta; 
Qashqadaryo viloyati – 3ta; 
Navoiy viloyati – 5ta; 
Namangan viloyati – 2ta;  
Samarqand viloyati – 12ta; 
Surxondaryo viloyati – 2ta;  
Sirdaryo viloyati – 1ta;  
Toshkent viloyati – 5ta;  
Farg‘ona viloyati – 13ta;  
Xorazm viloyati – 3ta;  
Toshkent shahri – 29ta.

Top