22:52 / 30.03.2021
3063

Surxondaryoda o‘z singlisini katta miqdordagi pulga chuv tushirgan firibgarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: Shutterstock

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘z singlisini katta miqdordagi pulga chuv tushirgan firibgarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 26 fevral kuni Jarqo‘rg‘on tumani Surxon sohili mahallasida yashovchi M.Q. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 2018 yil oktyabr oyida, shu tumanda yashovchi akasi, A.B. unga yog‘ mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib, foydasidan har oyga 9 million so‘mdan berib turishini va'da qilib, jami 137 million so‘m pullarini olganini, ammo bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganini ma'lum qilgan.

Ta'kidlanishicha, 20 mart kuni o‘z singlisidan firibgarlik yo‘li bilan olgan pullarni uzoq vaqtdan buyon qaytarib bermasdan kelayotgan A.B.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top