18 martdan 19 martga o‘tar kechasi Bo‘ston tumanidagi "Hamkorbank"ning xizmatlar ofisiga 3 nafar shaxs eshikni buzib kirib o‘g‘irlik sodir etishgan.
Andijon viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, o‘g‘rilar bank seyfidan 850 ming so‘m pul, 2 dona pechat, 1 ta terminal va 2 dona kompyuterni o‘g‘irlab, voqea joyidan ketishadi.
Aniqlanishicha, ushbu fuqarolar Asaka tumanilik bo‘lishgan va hozirda tergov jarayonlari davom ettirilmoqda.