16:05 / 31.03.2021
7465
Reklama

Huawei 2020 yil uchun o‘z hisobotini e'lon qildi

Huawei qiyinchiliklarga qaramay biznesga oid yuqori ko‘rsatkichlar hamda mijozlar va jamiyat rivoji uchun hissa qo‘shishga moyilligini ma'lum qildi.

Huawei 2020 yil sarhisoblarini e'lon qilib, o‘tgan yil uchun bashorat qilingan natijalarga erishganini bildirdi. Kompaniyaning butunjahon savdo ko‘rsatkichi 891,4 mlrd yuan (136,7 mlrd AQSh dollari*) miqdorida bo‘lib, bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,8% ko‘p demakdir, sof foyda esa 64,6 mlrd yuanni tashkil qildi, o‘tgan yilga nisbatan 3,2 % ga ko‘p demakdir.

2019 va 2020 yillarda AQSh sanksiyalari qo‘llanilishidan kelib chiqadigan operatsion faoliyat qiyinchiliklariga qaramay Huawei yana bir bor KPMG auditorlik kompaniyasini taklif qilib, moliyaviy hisobotini mustaqil va xolis tekshirishni so‘radi. KPMG hujjati – standart o‘zgartirilmagan auditorlik xulosasi deganidir. Vaziyatlardan qat'iy nazar, biz hukumatlarga, mijozlarga, buyurtmachilarga, xodimlarga va hamkorlarga o‘z faoliyatimiz ko‘rsatkichlarini oshkor etishda davom etamiz.

2020 yilda Huawei kompaniyasining aloqa operatorlariga yo‘naltirilgan biznesi COVID-19 pandemiyasi sharoitida 170 tadan ortiq mamlakat va mintaqada 1500 tadan ziyod tarmoqlarning soz ishlashini ta'minlab, dunyo bo‘ylab telekommunikatsion tarmoq, onlayn ta'lim va onlayn xarid tizimlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatladi. Mobil operatorlar bilan hamkorlikda kompaniya har jihatdan mukammal aloqa taassurotini taqdim etishga ko‘maklashdi. Ko‘plab tashqi muassasalar jahonning yirik shaharlarida o‘tkazgan 5G tarmog‘idan foydalanishga oid sinovlarga ko‘ra, Huawei yo‘lga qo‘ygan 5G texnologiyalari operator tarmoqlarida foydalanish qulayligi bo‘yicha birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Kompaniya ko‘mir qazib olish, po‘lat ishlab chiqarish, bandargohlar va mahsulot ishlab chiqarish singari 20 dan ortiq sanoat yo‘nalishlaridagi 5G tarmog‘iga doir 3000 dan ortiq innovatsion loyihalarni amalga oshirish yo‘lida ko‘plab mobil operatorlar bilan ham ishladi.

O‘tgan yilda Huawei kompaniyasining korporativ biznesi ssenariylar asosidagi innovatsion yechimlarni ishlab chiqish hamda “barchaniki, barchadan va barcha uchun” shiori ostidagi raqamli ekotizimni yaratish yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirdi. Pandemiya davrida Huawei virusga qarshi kurashda o‘z unumdorligini isbotlagan texnik tajriba va yechimlarni taqdim qildi. Shulardan biri sun'iy intellekt ko‘magida ishlaydigan HUAWEI CLOUD asosidagi diagnostika yechimi bo‘lib, u jahondagi shifoxonalarga tibbiy infratuzilmaga tushadigan yuklamalarni kamaytirishga yordam berdi. Bundan tashqari, Huawei boshlang‘ich va o‘rta maktablarda ta'lim oladigan 50 milliondan ortiq o‘quvchilar uchun bulutli tizimda ishlaydigan o‘quv platformalarini ishga tushirish maqsadida hamkorlar bilan ish olib bordi.

HarmonyOS operatsion tizimi Huawei Mobile Services (HMS) ekotizimining ishga tushirilishi natijasida Huawei kompaniyasining iste'molchilarga yo‘naltirilgan biznesi “Seamless AI Life” strategiyasi (“1 + 8 + N”) bilan jadal ravishda ilgarilab, aqlli ofis, fitnes va salomatlik, aqlli uy, oson sayohat va ko‘ngil ochish yo‘nalishlariga alohida e'tibor qaratgan holda, iste'molchilarga barcha qurilmalar va ssenariylar bo‘ylab intellektual taassurotni taqdim etishga intildi. 

“O‘tgan yili biz sinovlarga matonat bilan dosh bera oldik”, - dedi Ken Xu, Huawei kompaniyasining almashinuvchi raisi. “Biz o‘z mijozlarimiz uchun salmoqli qiymat yaratish, pandemiyaga qarshi kurashish, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab iqtisodiyotni tiklash va ijtimoiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovatsiyalar yaratishda davom etdik. Shu bilan birga, biz mazkur vaziyatdan faoliyatimizni takomillashtirish uchun foydalandik, bu esa o‘z navbatida bashoratlarga muvofiq bo‘lgan ko‘rsatkichlarga erishishga turtki berdi. Ayni paytda murakkab biznes muhitga qaramasdan, biz birorta davlat yoki mintaqaga bog‘lanib qolmagan, aksincha buning o‘rniga mahsulotlarni uzluksiz yetkazish uchun xalqaro resurslarni jalb etuvchi globallashgan va diversifikatsiyalangan savdo zanjiriga qat'iy amal qilishimizni yana qayta isbotladik. 

Biz mijozlarimiz bilan yaqindan ishlashda davom etib, ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishni qo‘llab quvvatlaymiz. 

2020 yil uchun tuzilgan yillik hisobotdagi barcha moliyaviy ko‘rsatkichlar katta to‘rtlikka kiruvchi xalqaro auditorlik kompaniyasi – KPMG tomonidan tekshirilgan. 2020 yil hisobotini mana bu ilovadan yuklab oling: huawei.com/en/annual-report/2020

*- 1 AQSh dollari 2020 yil 31 avgust holatiga ko‘ra, 6.5198 yuanga teng.

Reklama huquqi asosida

Top