13:03 / 01.04.2021
2161

Amudaryoda maktabga uzoqdan qatnaydigan 50 nafar o‘quvchilarga velosipedlar sovg‘a qilindi

Amudaryo tumanining chekka hududlarida joylashgan ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalar farzandlari, maktablarga 5-6 km uzoqlikdan qatnayotgan o‘quvchi-yoshlar ro‘yxati shakllantirilgan.

Hokimlikka ko‘ra, tumandagi mavjud 85 ta umumiy o‘rta ta'lim maktabining 1-11-sinf o‘quvchilari orasida 50 nafar o‘quvchi-yoshlar uzoq masofadan maktablarga qatnayotganligi aniqlandi.

31 mart kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida tadbir o‘tkazilib, unda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev va sektorlar rahbarlari, tuman Xalq ta'limi bo‘limi, ta'lim muassasalari mas'ullari ishtirok etdi. Uzoq masofadan maktablarga qatnaydigan 50 nafar o‘quvchilarga 50 dona velosiped topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, eshakda maktabga qatnayotgan Chimboydagi maktab o‘quvchilariga xayriya qilinib, 46 dona velosipedlar olib berilgandi. Shundan keyin, Qonliko‘l tumani hokimi ham olisdan maktablarga qatnayotgan 10 nafar o‘quvchiga velosipedlar bergandi.

Top