17:47 / 01.04.2021
12493

Koronavirusning yangi to‘lqinlari paydo bo‘lishi sababi aniqlandi 

Sars-Cov-2 virusi doimiy mutatsiyaga uchraydigan 15ta genga ega bo‘lib, ular borgan sari yuqumli bo‘lib boradi. 

Foto: Motortion Films/Shutterstock

Deyvisdagi Kaliforniya universitetining veterinar tibbiyot maktabi olimlari koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqinlari paydo bo‘lishi sababini aniqladi. Bu haqda Scietific Repors jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalarida ma'lum qilindi. 

Sars-Cov-2 virusi doimiy mutatsiyaga uchraydigan 15ta genga ega bo‘lib, ular borgan sari yuqumli bo‘lib boradi. 

«Shu sababli koronavirus yangi turda paydo bo‘lmagunicha to‘xtamaydigan yangi to‘lqinlar yuz beradi», – deya qayd etadi tadqiqot rahbari Bart Veymer.

Genetiklar o‘tgan yilning 1 martidan boshlab Osiyo mamlakatlarida koronavirusning 150ta shtammi ma'lumotlarini to‘plab, tahlil qildi va barcha olingan ma'lumotlarni birlashtirdi.

Tahlilning ko‘rsatishicha, bir nechta mamlakat karantin cheklovlarini joriy etish orqali koronavirus tarqalishi avj olishini to‘xtatishga erishgan.  

Mavzuga oid
Top