14:48 / 01.04.2021
15513

KXDRdagi og‘ir vaziyat sababli 12 mamlakat elchixonasi yopildi

​​​​​​​O‘ta qat'iy cheklovlar, zarur mahsulotlarning yetishmasligi xorijlik diplomatlarning mamlakatni tark etishiga sabab bo‘lmoqda. 

Foto: Reuters

KXDRdagi og‘ir vaziyat sababli 12ta davlat elchixonasi faoliyatini to‘xtatdi, xalqaro tashkilotlar xodimlari mamlakatni tark etdi. Bu haqda Rossiyaning Pxenyandagi elchixonasi ma'lum qildi

Xabar qilinishicha, 18 mart kuni mamlakatni 38 nafar xorij fuqarosi tark etgan va bu «KXDRdan diplomatik missiyalar xodimlarining ommaviy ravishda birinchi marta chiqib ketishi emas».  

«Koreya poytaxtini tark etayotganlarni tushunish mumkin – o‘ta qat'iy cheklovlar, zarur mahsulotlar, jumladan, dori-darmon tanqisligi, salomatlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilish imkoniyati yo‘qligiga hamma ham chiday olmaydi», – deyiladi elchixona bayonotida. 

Qayd etilishicha, «Buyuk Britaniya, Venesuela, Braziliya, Germaniya, Italiya, Nigeriya, Pokiston, Polsha, Chexiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Fransiya elchixonalari darvozasiga qulf osilgan, xalqaro insonparvarlik tashkilotlarining barcha chet ellik xodimlari mamlakatni tark etgan». 

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda mamlakatda to‘qqiz nafar elchi va to‘rt nafar ishonchli vakil o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Mavzuga oid
Top