08:59 / 01.04.2021
4683

Ravnaqbank sovg‘alar ulashmoqda: Mastercard kartasiga buyurtma bering va iPhone yoki Macbook yutib oling

Ravnaqbank o‘z xalqaro hamkori Mastercard bilan birgalikda mijozlari uchun aksiya e'lon qilmoqda.

Aksiyada qatnashish uchun, Ravnaqbankning Mastercard kartasini rasmiylashtirib, bir oy davomida kamida $30 sarflash kerak.

Oy davomida $30-$50 xarajat qilgan mijoz simsiz quloqchinlar, $50-$100 sarflaganlar aqlli soatlar, $100-$150 ishlatganlar smartfon, $150 dan ko‘proq mablag‘ ishlatgan mijozlar esa Macbook yutib olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Aksiya 1 aprel kuni start oladi. Mastercard kartasini rasmiylashtirish uchun hattoki bankka borishingiz ham shart emas – shunchaki App Store, Google Play yoki Windows Store orqali «RBK-Mobile» ilovasini yuklab oling va kartani buyurtma qiling.

Ilova orqali omonat ochishingiz, to‘lovlar qilishingiz, valuta ayirboshlashingiz yoki kartadan kartaga pul o‘tkazishingiz ham mumkin.

Mastercard Gold Aviasales kartasining bir qator ajoyib xususiyatlari bor:

  • bir yillik xizmat ko‘rsatish haqi – $0;
  • uni ochish mutlaqo bepul;
  • depozit – $5: bu pul kartangizda qoladi.

Shu bilan birga, karta sizga 0,5 foizdan 10 foizgacha keshbek ham taqdim etadi.

Buyurtma qilish uchun atigi 5 daqiqa vaqt sarflaysiz. Karta tayyor bo‘lsa, Toshkent bo‘ylab uyingizga bepul yetkazib beramiz.

Mobil ilovani yuklab olish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Aksiyaga oid batafsil ma'lumotlarni Ravnaqbank rasmiy sahifasining ushbu sahifasidan olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top