23:42 / 02.04.2021
7095

AQSh kongressi binosi oldidagi to‘siqqa mashina kelib urildi. Bino «tashqi xavf» sababli yopildi

Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki brifing o‘tkazayotgan vaqtda bino darvozasi oldiga avtomobil kelib urilgan va ikki nafar politsiyachini jarohatlagan.

Foto: AP

AQSh Kapitoliysi binosi oldida sodir bo‘lgan noxush voqeadan so‘ng bino yopib qo‘yildi. Odamlarga binoga kirish va chiqish taqiqlandi.

 Xabar qilinishicha, Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki brifing o‘tkazayotgan vaqtda bino darvozasi oldiga avtomobil kelib urilgan va ikki nafar politsiyachini jarohatlagan.

 «Gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Ofitserlar jarohatlangan. Ularning barchasi shifoxonaga olib ketildi», — deyiladi politsiyaning Twitter sahifasida.

Fox News jurnalisti Jaki Haynrihning aytishicha, Kapitoliy binosi oldidagi to‘siqqa mashina kelib urilgan. U e'lon qilgan videoda voqea joyida ko‘plab politsiya va tibbiyot xodimlari borligini ko‘rish mumkin.

Top