22:00 / 02.04.2021
8464

Dubay eng orzu qilingan sayyohlik yo‘nalishlari orasida yetakchiga aylandi

Dubay joriy yilda eng orzu qilingan sayyohlik yo‘nalishlari reytingi yetakchisiga aylandi. Bundan Wego Travel portali olib borgan tadqiqot natijalari darak bermoqda.

Foto: Kun.uz

Reytingning 2- va 3-o‘rinlarini mos ravishda Nyu-York va Istanbul egallagan.

Yetakchi o‘ntalikdan Kankun, Bangkok, London, Parij, Lissabon, Male va Barselona ham joy olgan.

Wego Travel ijrochi direktori Ross Veychning ta'kidlashicha, pandemiya sababli amal qilayotgan karantin cheklovlariga qaramay, turistlarning sayohatlarga qiziqishlari so‘nmagan. Shu bilan birga, bir qator davlatlar olib borayotgan karantin siyosati ko‘plab sayyohlar uchun bu davlatlarga borishdan qaytaruvchi omil bo‘lib qolmoqda.

Dubay esa ko‘pchilik sayyohlarni ekologiyasi va plyajlari bilan jalb qiladi.

Veychning ta'kidlashicha, kelgusida xalqaro turizmga yengillik sifatida raqamli salomatlik pasportlari paydo bo‘ladi.

BAAda koronavirus tarqalishini ushlab turish bo‘yicha katta ish amalga oshirilgan va aholi rekord sur'atlarda emlanmoqda. Ayni vaqtda mamlakatda xavf guruhiga kiruvchi aholining katta qismi emlanib bo‘lingan. 

Top