18:45 / 02.04.2021
9728

Lavrov AQSh Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarini susaytirishga urinayotgani haqida gapirdi

RF TIV rahbari amerikaliklar ayniqsa shu yo‘nalishda «alohida faollik ko‘rsatayotgani»ni qayd etgan.

Foto: TASS

G‘arb davlatlari o‘z oldiga Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarni zaiflashtirishni maqsad qilishgan. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «Birinchi kanal»da «Bolshaya igra» dasturi uchun bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Hozirda AQSh hamda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan o‘rnatgan iqtisodiy aloqalari hajmini bizning iqtisodiy aloqalarimiz bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Ammo [G‘arb tomonidan] belgilab qo‘yilgan maqsad shunday - qanday qilib bo‘lmasin, bizning ittifoqchilarimiz va strategik hamkorlarimiz bilan aloqalarimizni zaiflashtirish», degan Lavrov.

Rossiya TIV rahbari AQSh ham, Yevropa mamlakatlari ham bu yo‘nalishda faol harakat qilishayotgani, ammo amerikaliklar Markaziy Osiyoda faolroq ekanini qayd etgan.

«Amerikaliklar o‘z formatlarini - «S5+1» (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va AQSh) tuzishgan. Rossiyada ham Markaziy Osiyoda ShHT, MDH, YeOII, KXShTdan tashqari «5+1» formati bo‘yicha aloqalar bor. Bu format foydalidir», deya eslatgan vazir.

Mavzuga oid
Top