12:00 / 02.04.2021
4170
Reklama

Seoul Mun: har qanday biznes turi uchun universal savdo maskani

Dream City Development kompaniyasi tijorat binolarining maxsus toifasi - universal savdo nuqtalarining xususiyat va afzalliklari haqida ma'lumot berdi.

Seoul Mun – bu poytaxt markazi Bo‘rijar kanali qirg‘og‘ida joylashgan o‘ziga xos savdo va ko‘ngilochar maskani. Savdo va dam olish markazida ikki sohil bo‘ylab uch qavatli tijorat binolari bunyod etiladi. Me'morlikning nafis ko‘rinishi qirg‘oq manzarasining o‘ziga xos muhiti bilan uyg‘unligi loyihani xaridlar va dam olish, biznes-uchrashuvlar, oilaviy kechki taomlanish, korporativ tadbirlar, kundalik hordiq chiqarish uchun tengi yo‘q joyga aylantiradi.

Umumiy maydoni 22000 kvadrat metrdan ortiq keng savdo maydonlari har qanday biznes sohasini maksimal darajada amalga oshirishga imkoniyat beradi. Xalqaro Knight Frank kompaniyasining ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassislari bilan birgalikda markazdagi savdo maydonlari beshta asosiy toifa: kichik shakldagi umumiy ovqatlanish joylari, o‘rta va katta formatli ovqatlanish nuqtalari, universal savdo nuqtalari, katta do‘konlar va dam olish, ko‘ngilochar maskanlarga ajratilgan. Ushbu toifadagi binolarning har biri individual texnik parametr va xususiyatlarga ega.

Universal savdo nuqtalari – Seoul Mun markazidagi eng mashhur toifalardan biridir. Birinchi va ikkinchi qavatlarda joylashgan ushbu turdagi binolar maydoni 18 dan 188 kvadrat metrgachani tashkil qiladi. Olti metrli shift balandligi esa xarid qilingan joyni ikki darajali makonga aylantirish imkoniyatini berib, shu orqali foydali maydonni ikki barobar ko‘paytirishingiz mumkin bo‘ladi.

Bu toifadagi savdo nuqtalarida kichik sovg‘alar do‘koni, butiklar va shourumlar, shuningdek kosmetika, parfyumeriya, kiyim-kechak, poyabzal, o‘yinchoqlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, elektronika, turfa xizmatlar va boshqa tadbirkorlik turlari uchun mo‘ljallangan brend do‘konlari ochish tavsiya etiladi.

Savdo markazidagi mavjud ko‘p variantlar biznesingiz ehtiyojlariga mos sharoitlarni tanlashga imkon beradi. Tanlangan joy va biznes turidan qat'i nazar, Seoul Mun yuqori daraja hamda yangi formatdagi sifatli ko‘chmas mulkka foydasi kafolatlangan va muvaffaqiyatli sarmoyadir.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202 22 22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top