10:12 / 02.04.2021
19811

Uch oyda qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma'lum bo‘ldi

 Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani bo‘yicha ma'lumotlar e'lon qilindi. Uch oyda O‘zbekiston hududlari bo‘yicha eng ko‘p nikoh holatlari Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelgan (6 723ta).

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-mart oylari holatiga respublika bo‘yicha 59 754ta nikoh holati qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 243taga ko‘p. 

Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 178ta;  
  • Andijon – 4 434ta; 
  • Buxoro – 3 894ta; 
  • Jizzax – 2 388ta;  
  • Qashqadaryo – 5 223ta;
  • Navoiy – 1 528ta;  
  • Namangan – 4 190ta;  
  • Samarqand – 6 723ta; 
  • Surxondaryo – 4 893ta; 
  • Sirdaryo – 1 536ta;
  • Toshkent – 5 459ta; 
  • Farg‘ona – 5 900ta;  
  • Xorazm – 4691ta; 
  • Toshkent shahri – 4 717ta.

Bundan oldin, 2020 yilda qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top