10:20 / 05.04.2021
5028

Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Jamshid Abdusalamov Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori etib tayinlandi.

Hukumat qarori bilan Jamshid Abdusalamovich Abdusalamov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori etib tayinlandi.

Jamshid Abdusalamov 2019 yildan beri Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

2018 yil sentyabridan 2019 yil 30 maygacha «O‘zbekenergo» AJ boshqaruv raisining istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil yanvaridan buyon Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga raislik qilib kelgan Najmiddinxo‘ja Sharipov 2021 yil martida Jamshid Abdusalamov o‘rniga Toshkent viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallagandi.

Mavzuga oid
Top