17:53 / 06.04.2021
16631

Buxoro tibbiyot instituti faoliyatini prokuratura o‘rganmoqda

Buxoro viloyat prokuraturasi Buxoro tibbiyot institutida yirik korrupsiya holatlariga qo‘l urilgani haqidagi xabardan so‘ng institut faoliyati yuzasidan o‘rganish boshladi.

Foto: Buxoro davlat tibbiyot instituti

Bu haqda Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, mazkur o‘rganish uchun viloyat bandlik bosh boshqarmasi, davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi va viloyat monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasidan mutaxassislar jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, «Odam anatomiyasi» darsligi mualliflaridan biri va ayni vaqtda institut rektori v.v.b. Shuhrat Teshayev «Bitubi Grupp» MChJ ta'sischisi Eduard Itskov bilan kelishgan holda, bir nechta shartnomalar orqali 1,4 mlrd so‘mga yaqin institut pullarini shu korxonaga ko‘chirib bergani aytilmoqda.

Buxoro davlat tibbiyot instituti holatga munosabat bildirib, e'tirozlarni rad etgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bu holatni taftish qilishni so‘rab, 2 aprel kuni Sog‘liqni saqlash hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklariga xat yuborgan.

Top