07:50 / 07.04.2021
2876

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Foto: KUN.UZ

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-22 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Top