08:55 / 07.04.2021
1731

Konservatoriyaning Nukus filiali tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi (https://t.me/huquqiyaxborot/9473). Unga ko‘ra, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etildi.

Filial O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Milliy musiqa san'ati sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega bo‘lgan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Filialda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filialga talabalarni bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilish ko‘rsatkichlari har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan OTMga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

Filialning 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul jarayoni va ijodiy imtihonlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkaziladi.
 

Mavzuga oid
Top