10:07 / 07.04.2021
22932

Koronavirus: So‘nggi bir kunda yana 200ga yaqin yangi holat qayd etilib, bir bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda yana 200ga yaqin kishida koronavirus qayd etilib, 1 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 6 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84127 (+192) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 15 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida, 
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 22 nafari Toshkent viloyatida,
  • 140 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 4 nafar,
  • Toshkent viloyatida 21 nafar,
  • Toshkent shahrida 138 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82055 (+174) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 633 nafarga etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1439 nafar bemor davolanmoqda, shundan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top